Maldini va Boban "Milan"dan kyetishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 mar 2020
"Milan" futbol bo'limi boshlig'i Zvonimir Boban hamda texnik direktor Paolo Maldini klubni tark etishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, ayni damda "Milan"ga egalik qilayotgan "Elliot" fondi ushbu ikki mutaxassisga "Leyptsig" bosh murabbiyi Ralf Rangnik bilan muzokaralarda katta xalaqit qilmoqda.

Shuningdek, yozgi transferlar oynasi vaqtida klub tarkibni kuchaytirish uchun vada qilingan mablag'ni qabul qilib olmagan. Shuningdek, klub bosh direktori Ivan Gazidis ham rahbarlardan mamnun emas. U ham rahbariyatning beqarorligidan ko'p nolimoqda.

Ayni damda Stefano Pioli qo'l ostidagi jamoa A Seriyada 25 o'yinda 36 ochko jamg'arib, A Seriya turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport