Maldini "Milan" Ibragimovichga qiziqayotganligini aytdi

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 16:35
"Milan"ning strategiyani rivojlantirish bo'yicha direktori Maldini jamoaning sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovichning jamoaga qaytishi borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Ibragimovich kiyinish xonasida barchaning diqqat e'tiborini tortadi? Bunday o'ylamayman. Bunday xaraterga ega futbolchilar ko'pchilikni oldinga chorlaydi. "Milan" - katta klub.

Ibragimovich haqida, YCHLga qaytish borasida yozdayoq o'ylagandik. Zlatan - ajoyib inson va chempion. Biz kabi oldiga yuqori maqsadlarni oldiga qo'yadigan jamoalarga shunday futbolchilar kerak. Ammo uning o'rniga Iguainni transfer qildik", - dedi Maldini.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato