

Qayd etish kerak, unda mehmon jamoa super kambek namoyish qildi va 3:1 hisobidagi mag'lubiyatni 3:4 hisobidagi g'alaba bilan tugatishdi. Quvonarli jihati shundaki, 3:1dan keyin "Terranganu" urgan barcha 3 golning hammuallifi Sanjar Shoahmedov bo'ldi.
"Kedax" - "Terranganu" 3:4
Gollar: da Silva (2, 0:1), Alvesh (19, 1:1), Sherman (22, 2:1), Kipre (62, 3:1), da Silva (64, 3:2), da Silva (82, 3:3), da Silva (84, 3:4).
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz 90 daqiqa mobaynida jamoa tarkibida bo'ldi va g'alabaga munosib hissa qo'shdi.
"Terranganu" ilk turda o'z maydonida "Perak"ka 1:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. O'shanda Sanjar uchrashuvda hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgandi.



