Malayziya. "Terranganu"da 3:3, Shoahmedovdan xet-trik

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019
Kecha Malayziya Superligasining 16-turi doirasida "Melaka Yunayted" - "Terranganu" uchrashuvi o'tkazildi.

Ushbu bahsda jangovor 3:3 hisobi qayd etildi. Avvaliga ikki gol farqi bilan ortda qolayotgan "Terranganu" hamyurtimiz Sanjar Shoahmedovning uch goli evaziga durangga erishdi.

"Melaka Yunayted" - "Terranganu" 3:3

Gollar: Klod Davi (17, 1:0), Luka Milunovich (31, 2:0), Sanjar Shoahmedov (41, 2:1), Klod Davi (49, 3:1), Sanjar Shoahmedov (72, 3:2), Sanjar Shoahmedov (82, 3:3).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia