Malaga to'purari Sandro Atletikoga o'tadi, faqat...

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2017
Malaga hujumchisi Sandro Ramires Atletiko safida tibbiy ko'rikdan o'tdi.

FIFA Madrid klubiga 2018 yilning 1 yanvariga qadar futbolchi sotib olish taqiqini qo'ygan. Shu bois hujumchi yangi klubiga faqat yangi yilda borib qo'shiladi.

Transfer 6 million evroga aylandi. Futbolchi bu yil oxirigacha Malagada ijarada o'ynaydi. Yakunlangan mavsumda Ramires 14ta gol urib o'z klubi to'purariga aylandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com