"Everton" "Malaga"dan Sandro Ramiresni xarid qiladi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017, 14:47
"Malaga" va Ispaniya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Sandro Ramires faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradi.

21 yoshli futbolchi "Everton"ga o'tishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, transfer 6 mln. evro evaziga amalga oshadi. Futbolchiga "Yuventus" ham da'vogarlik qilmoqda.

So'nggi mavsum Sandro Ramires LaLiganing 30 ta uchrashuvida 14 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports