Sandro Ramires APLga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
8 may 2017, 12:08
"Marca" nashrining ma'lum qilishicha, Angliyaning "Everton" klubi yozda "Malaga" hujumchisi Sandro Ramires bilan shartnoma tuzishi mumkin.
"Barselona" tarbiyalanuvchisiga "irislar" bosh murabbiyi Ronald Kumanning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Mutaxassis La Liga 36-turi doirasida "Malaga" - "Selta" (3:0) uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib bordi. Futbolchining taxminiy narxi 8 million evro deb baholanmoqda. Lekin, "Malaga" yetakchisini bu pulga qo'yib yuborishi qiyin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca