"Malaga" - "Real". Bir paytlar Isko "Qirollik klubi"ni jazolagan

Aslanov Jasurbek
21 may 2017
Bugun "Malaga" hamda "Real" o'rtasida LaLiganing hal qiluvchi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Hozirga qadar ushbu jamoalar 15 marotaba LaLiga uchrashuvlarida to'qnash kelgan bo'lsa, shularning 9 tasida "Qirollik klubi" g'alabaga erishgan, 5 tasida durang qayd etilgan. Faqat bir marotaba "Malaga" o'z hisobiga g'alaba yozib qo'ygan. 2012 yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan ushbu bahsda hozirda "Real" sharafini himoya qilayotgan Isko "Malaga" safida "Qirollik klubi" darvozasini ishg'ol qilgan.

"Malaga" - "Real" 3:2

Gollar: Isko 49, Santa Kruz 73, 76 - Sanches 66 (avtogol), Benzema 82.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia