“Malaga” – “Rayo Valekano”. El-Xamdaui 10 yil ichida mezbonlar o'yinchilari orasida xet-trikka erishgan birinchi o'yinchiga aylandi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 12:01
“Malaga” hujumchisi Munir El-Xamdaui 10 yil ichida klub safida xet-trikka erishgan birinchi futbolchiga aylandi.

Futbolchi Ispaniya chempionati 4-turidan o'rin olgan “Rayo Valekano”ga qarshi o'yinda (birinchi bo'limda 5:0) 31, 62 va 67 daqiqalarda gol urishga erishdi.

“Malaga” tarkibida so'nggi marotaba xet-trikni qayt etgan futbolchi, klub hujumchisi Salva bo'lgan va u 2003 yilning dekabrida “Barselona”ga qarshi o'yinda (5:1) shunday natijani qayd etgan edi.

Ta'kidlab o'tamiz, “Rayo Valekano”ga qarshi o'yin, El-Xamdaui uchun “Malaga” tarkibida maydonga tushgan ikkinchi o'yin bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru