

"Marca" xabariga ko'ra, davlat rahbari bu futbolchilar jamoaning Argentina bilan o'yinida stadionda bo'lishini istaydi. Gap Karim Benzema ("Real"), N'Golo Kante ("Chelsi") va Pol Pogba ("Yuventus") haqida ketmoqda.
Sport vaziri Ameli Udea-Kastera bu ma'lumotni tasdiqladi: "U buni xohlayotganini bilaman. Reja amalga oshish arafasida. Logistika va xavfsizlik nuqtayi nazaridan nima qilishimiz mumkinligini ko'rib chiqamiz. Lekin prezident ular o'sha yerda bo'lishi va bu sarguzashtda qatnashishini istamoqda.
Oldinroq "Real" Benzemaning Qatarga ketishiga qarshi emasligi haqida xabar berilgandi.
Fransiya 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18 dekabr, yakshanba kuni "Lusail" stadionida bo'lib o'tadi.



