

AS nashri yozishicha, Madrid klubi agar o'zi xohlasa, hujumchiga Qatarga borishga ruxsat bergan. Yakuniy qarorni qabul qilish Benzemaning o'ziga bog'liq, "Real" unga qarshilik qilmaydi.
Agar Fransiya g'alaba qozonsa, Karim ham jamoa bilan birga medal olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Benzema JCH-2022 boshlanishiga bir necha kun qolganida jarohat olgani bois turnirda ishtirok eta olmagandi. Dide Desham uning o'rniga o'yinchi chaqirmadi, shuning uchun hujumchi Fransiya terma jamoasi qaydnomasida qolmoqda.



