

"Ularni solishtirib bo'lmaydi, bu ikki futbolchi turli poziciyalarda o'ynashgan va xar xil yetakchilik sifatlariga ega bo'lishgan. Zidan va Ronaldo bilan ko'p shug'ullanganman. Bazida mashg'ulotlardan so'ng Zidan bilan qolib, birga-bir vaziyatlar ustida ishlardik. U doimo dribling va harakatga ko'p e'tibor bergan. Har uchrashuvda u raqiblaridan zarba qabul qilardi va bu vaziyatlarni mashg'ulotda ishlashga urinardi. Zidan va Ronaldoni solishtirib bo'lmaydi - ular futbol dunyosini o'zgartirgan ikki daho" - deydi Makelele.


