Makay: "Agar Shvaynshtayger "Manchester Yunayted"ga o'tsa bundan ajablanmayman"

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2015, 16:41
"Feyenoord" va "Bavariya" sobiq hujumchisi Roy Makayning takidlashicha, u Bastian Shvaynshtaygerning boshqa klubga o'tishidan hayron bo'lmaydi.

Oldinroq "Manchester Yunayted" Germaniya terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingan edi.

"Shvaynshtaygerning van Gal bilan munosabatlari yaxshi. Uning "Manchester Yunayted"ga o'tishidan ajablanmagan bo'lar edim. Bastian "Bavariya"da qolishiga umid qilaman, chunki u jamoada muhim rolni ijro etadi" - deydi Makay.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com