Maykl Kerrik: Runi – bizning jamoadoshimiz va biz u bilan birga bo'lamiz

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 14:42
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maykl Kerrik jamoa futbolchilari Runini qo'llab quvvatlashlarini aytib o'tdi.
"Runi yana safga qaytganidan xursandman. O'ylaymakni, u maydoga tushgandan keyin yaxshi o'yin namoyish etdi. U ikkita golli vaziyat yaratib berdi. Bu Runiga xos ish".

"U doimiy ravishda raqib darvozasi oldida xavf yarata oladi. Uelbek gol urgan vaziyatda u tovonidan biroz jarohat oldi. Biroq ishonamanki, hammasi joyida bo'ladi".

"U "Manchester Yunayted"dagi eng muhim futbolchi. U bizning jamoadoshimiz va biz doimo u bilan birga bo'lamiz", dedi Kerrik.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru