Maykl Babatunde qo'lini sindirgan bo'lishi mumkin va mundialdagi ishtirokini yakunlaydi

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2014, 10:55
Nigeriya terma jamoasi futbolchisi Maykl Babatunde jahon chempionatining keyingi uchrashuvlarida jarohat tufayli maydonga tusha olmasligini bosh murabbiy Stiven Keshi ma'lum qildi.
21 yoshli hujumchi ikkinchi bo'limda jarohat olgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Babatundening qo'li singan. Katta ehtimol bilan, futbolchini operaciya kutib turibdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net