Maguayr va Sancho "Chelsi"ga qarshi o'ynamaydi

Оқил Абдубарноев
27 apr 2022, 20:43
"Manchester Yunayted" futbolchilari Harri Maguayr va Jeydon Sancho "Chelsi"ga qarshi o'ynamaydi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnikning aytishicha, Sancho kasallik, Maguayr esa jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Harrining tizzasida muammo bor. U kecha va bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Jeydon kasal bo'lib qoldi - unda tomoq bezlarining yallig'lanishi kuzatilgan, u bugun mashg'ulot o'tkazmadi, ertaga ham qatnashmaydi", - dedi Rangnik.

Murabbiy, shuningdek, Lyuk Shou, Pol Pogba, Fred va Edinson Kavani ham maydonga qaytishga tayyor emasligini tasdiqladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic