Maguayr: "Manchester Yunayted" menga qiziqish bildirgani zaxoti rozilik berganman"

Mirjalol Normatov
28 dek 2020, 22:15
"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr mankunianliklar tarkibiga o'tgani haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted"ga o'tganimdan xursandmanmi? Albatta! Bu klubdanda ortiq nom, "Yunayted" menga qiziqish bildirgani zaxoti rozilik berib, bu yerda tezroq o'ynashni istaganman. Klub rahbariyatini ko'rganimdan keyin esa qarorim yaxshi bo'lganiga ishonch hosil qilganman.

Albatta, mavsum  biz uchun yomon boshlandi. Natijalar yomon bo'ldi. Bosim his qila boshladik. Ammo o'zimizga ishonardik, biz to'g'ri yo'lda edik. Oldin ham aytganimdek, bu hali natija emas. Biz qadam va qadam jamoani shakllantirib boryapmiz. Natijalar bundan-da yaxshiroq bo'lishiga ishonaman.

"Manchester Yunayted" klubdanda yuqori. Rahbariyatning faoliyatiga qarang. Ko'plab futbol klublari inqirozga uchrayotgan paytda ular hech nima bo'lmagandek ishlamoqda. Bu meni hayratda qoldirdi", - dedi Maguayr.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal