

"Biz rivojlanish yo'lidamiz. O'tgan mavsumdagi o'yinlar bilan solishtirsangiz, o'sishni ko'rishingiz mumkin. Ha, mavsum davomida quvonarli seriyalar namoyish qildik. Biroq "Manchester Siti" - o'zga olam. Ularga tan berish kerak. "Siti" ketma-ket 20 o'yinda mag'lub bo'lishmadi. Biz esa keraksiz joylarda ochko yo'qotdik. Top-uchrashuvlarda doimo o'zimizga ishonishimiz kerak bo'ladi.
Asosiysi - o'sish bor. APL sovrinini qo'lga kiritishimiz kerak. Ikkinchi o'rin biz uchun kamlik qiladi. Yigitlar ham shuni istamoqda", - dedi Maguayr.



