"Maestro" "San-Siro"da yulduzlar bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi FOTO

Mirjalol Normatov
22 may 2018, 11:41
Andrea Pirloning xayrlashuv uchrashuvida A Seriya hamda Italiya termasining yulduzlari qatnashdi.

Sobiq futbolchilar ikki jamoaga bo'linishdi - "Oq kiyimli yulduzlar" va "Ko'k kiyimli yulduzlar“.

Uchrashuvda 7:6 hisobi qayd etildi va unda "Ko'k kiyimli yulduzlar" g'alabaga erishdi. Bahsda Pirlo ikki jamoa tarkibida ham harakat qildi.

Jamoalar tarkibi shunday ko'rinish oldi:

"Oq kiyimli yulduzlar": Dida, Zanetti, Kostakurta, Favalli, Zambrotta, Lempard, Pirlo, Ruy Koshta, Pato, Vieri, Del Pero.

"Ko'k kiyimli yulduzlar": Storari, Kafu, Bonera, Materacci, Serjino, Zeedorf, Albertini, Ambrozini, Kassano, Shevchenko, Kvalyarella.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gettyimages.com