Madridning "Real" klubi Vinisiusning kelajagi borasidagi poziciyasi ma'lum

Khoja
30 okt 2025, 09:00
Madridning "Real" klubi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlari yaxshi emasligiga qaramasdan Vinisius bilan shartnomani uzaytirishni reja qilgan.

"Real Madrid" o'z rejalarini o'zgartirmayapti. Klub hamon Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish niyatida. "Real"dagilar tez orada Vini va Alonso o'rtasidagi muammo hal bo'lishiga umid qilishmoqda.

Avvalroq Vinisius "Real"ni tark etish niyatida ekanligini va agentiga yangi jamoa topishni  so'ragani haqida xabar berilgandi.

Vinisiusning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: AS