Lyuk Shouning qachon safga qaytishi ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
10 sen 2018, 23:17
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shouning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi.

Xabaringiz bor, Shou to'p uchun kurashda Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Dani Karvaxal bilan to'qnashib ketgandi. Buning natijasida ingliz futbolchisining boshi chayqalgan edi. 

“Lyuk Shou? U o'zini yaxshi xis qilyapti. 6-7 kundan so'ng mashg'ulotlarga qaytishi kerak”, - dedi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt.

Ma'lumot uchun, Lyuk Shou 2015 yilning sentyabr oyida ham jiddiy jarohat olgan va o'shanda oyog'ining sinishi natijasida 10 oy futboldan chetda qolgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif