

Eslatib o'tamiz, "mankunianliklar" ustozi Joze Mourinyo o'yinchini tanqid qilgan edi.
"MYU tarkibida o'ynash menga yoqadi. Bu yerda ajoyib muxlislar bor va aynan ular oxirgi vaqtlarda meni qo'llab-quvvatlashmoqda. Men qo'limni tushirmoqchi emasman, oxirigacha kurashmoqchiman. Bu klub menga yoqadi va qolish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Albatta, oxirgi vaqtlardagi voqealarni qabul qilish qiyin. Joze qanday kurashayotganimni ko'rishni istayapti, men esa oxirigacha kurashaman. Men bosh murabbiyimiz uchun o'ynashni va klubni yana yuqori o'rinlarga qaytishi uchun yordam berishni istayman", - dedi Shou.



