Lyuk de Yong Yevropa Ligasi tarixiga kirdi

“Sevilya” “Inter”ni (3:2) mag'lub etdi va Yevropa Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda ispanlar safida Lyuk de Yong dublga erishdi. U 12 hamda 33-daqiqada boshi bilan “Inter” darvozasini ishg'ol qildi.

Niderlandiyalik futbolchi Yevropa Ligasi (2009/10 yilgi mavsumdan) finalida dublga erishgan 7-futbolchi bo'ldi. Shuningdek, hujumchi musobaqa finalida ikkala golini ham boshi bilan urgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.


Manba: Opta