Lyubinko Drulovich: "Misrdek kuchli jamoani mag'lub eta oldik"

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2019, 12:23
O'zbekiston OTJ - Misr OTJ (2:0) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Lyubinko Drulovich o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz Misrdek kuchli jamoani mag'lub etdik. Taktik tomonlama yaxshi o'ynadik, ularni o'rganib chiqqandik. Menimcha maydonda yomon ko'rinmadik. Himoyadan hujumga o'tishda tez harakat qilganimiz yoqdi. Buni mashg'ulotlarda ishlab chiqqandik. Barchani, futbolchilarni, jurnalistlarni tabriklayman. Bugungi g'alaba barchamizniki", - deydi Lyubinko Drulovich.

- Bugungi o'yinda sizga nima yoqdi va nima yoqmadi?
- Bizda uzoq muddat jarohatini davolagan futbolchilar bor edi. Masalan, Abdixoliqov va G'aniev. Ular uzoq muddat maydonga tushishmagandi. Jismoniy holatni yaxshilash borasida qiynaldik. Bugun barcha o'yinchilarimiz yaxshi o'ynashdi, zaxiradan tushganlar ham.

- Namangandagi o'yinda qanday o'zgarishlar ko'ramiz?
- Albatta, o'zgarishlar bo'ladi, sababi 48 soatda futbolchilarni qayta tiklash og'ir. Tarkibdagi qolgan futbolchilarga ham imkon beraman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia