Lyov: "Van Deyk bo'ron o'rtasidagi qoyaga o'xshab ko'rinadi"

6 sen 2019, 20:20
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Gollandiya himoyachisi Virjil van Deyk haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Virjilga uzoq vaqt past baho berib kelishdi, lekin so'nggi 3 yilda u dovul o'rtasida turgan qoyaga o'xshab ko'rinadi", - deya A Bola nashri Lyovning so'zlaridan iqtibos keltirdi. 

Bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da Germaniya-Gollandiya bahsi boshlanadi. O'yin Gamburg shahrining "Folksparkshtadion" arenasida o'tkaziladi. 

Ayni paytda Evro-2020 saralash bosqichining "D" guruhida Germaniya 9 ochko bilan ikkinchi, Gollandiya 3 ochko to'plagan holda uchinchi o'rinda bormoqda. Jadvalni 4 o'yinda 4 ta g'alabaga erishgan Shimoliy Irlandiya terma jamoasi boshqarib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: abola.pt