Lyov: "Podolskini Germaniya terma jamoasi qo'llashi lozim"

Aslanov Jasurbek
20 mar 2015, 15:18
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiy Yoaxim Lyov "Inter" hujumchisi Lukash Podolskini Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga chaqirdi.

O'yin 25 mart kuni Germaniyada bo'lib o'tadi.

"Milliy terma jamoa doimo Podolskini qo'llab kelgan. O'ylashimcha, u ayni damda bizning yordamimizga muhtoj. Lukash milliy terma jamoada o'ziga kelib oladi. Biz unga doimo ishonamiz" - deydi Lyov.

Eslatib o'tamiz, oldinroq ijara asosida "Inter"da to'p tepayotgan "Arsenal" futbolchisi Angliyaga qaytishni istayotganini ma'lum qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com