Lyov "Bavariya"ning uch futbolchisi termaga boshqa chaqirilmasligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
5 mar 2019, 21:13
Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Bavariya" futbolchilari Jerom Boateng, Tomas Myuller va Mats Xummels kabi futbolchilarni termaga boshqa chaqirmasligini ma'lum qildi.

"2019 yil - Germaniya termasi uchun yangi start bo'lishi kerak. Germaniya termasida katta o'zgarishlar qilishni istaymiz. O'tgan yilning boshida bo'lgani kabi Jerom Boateng, Mats Xummels va Tomas Myuller kabi futbolchilarni termaga chaqirmaymiz. Ularga bu haqida aytib qo'yganman. Germaniya termasining kelajagini o'ylashimiz, tarkibning yangicha yuzini tashkil qilishimiz kerak. Menimcha bu to'g'ri yo'l", - dedi Lyov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild