Lutfulla To'raev dublga erishdi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2017
Malayziya premer-ligasining 3-turida "Terengganu" klubi "MISK-MIFA" bilan kuch sinashdi.

Mezbonlar safida hamyurtimiz Lutfulla To'raev ikkinchi bo'limda ikkita gol urib "Terengganu"ga g'alaba keltirdi - 2:1. O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb aynan To'raev tan olindi.

Klub 2ta o'yindan  (bitta uchrashuvi qoldirilgan) 6 ochko to'pladi.

"Terengganu" - "MISK-MIFA" 2:1
Gollar:
Lutfulla To'raev 46, 62 - I.Chukvubunna 79



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia