Lukas Silva: "Marsel"da yaxshi o'ynab, "Real"ga qaytmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2015
"Real" yarim himoyachisi, "Marsel"da ijara asosida to'p tepayotgan Lukas Silva ispan grandiga qaytishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

"Xizmatlarimga ko'plab klublar qiziqish bildirdi. Ammo "Real" meni xarid qilish huquqisiz ijaraga bermoqchi edi. "Marsel" bu shartlarga rozi bo'ldi. Bu kelishuvda katta rolni "Marsel" bosh murabbiyi Michel o'ynadi. Yaxshi mavsum o'tkazib, Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, "Real"ga qaytmoqchiman" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com