Lukas Leyva: "Starridj "MYU"ga gol urishiga umid qilaman"

Tolibjon Qosimov
30 avg 2013, 19:00
"Liverpul" yarim himoyachisi Lukas Leyva "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin o'z klubdoshi Deniel Starridjni maqtadi.
– O'ylashimcha, Starridj – jamoaga kerakli futbolchi. Unga masuliyat yuklansa yaxshi o'ynaydi. Jamoa unga ergashishi kerak. U jamoaga kelgach ko'p gollar urdi va o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi. Starridj agar bu mavsumda ham shunday o'ynashda davom etsa katta marralarga erishamiz. "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinga kelsak, Deniel o'ziga ishonadi. U yana gol uradi deb umid qilaman.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru