Lukakuning "Inter"ga qaytishi kechikayotgani sababi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
21 iyun 2022, 00:55
"Chelsi" forvardi Romelu Lukaku "Inter"ga qaytishi mumkin.

Ammo bu transfer ishlari kechikmoqda. Sababi "neradzurri" prezidenti Stiven Chjan hali hamon ushbu transferga ijobiy javob bermagan.

"Chelsi" futbolchining bir yillik ijarasidan 10 million evro ishlab olmoqchi, shuningdek, uning maoshini 100 foiz "Inter" to'lashi kerak.

Shu sababli "Inter"dagilar transfer ishlarini o'z foydasiga hal qilish uchun harakat qilmoqda. 21 iyun kunidan boshlab, muzokaralarning yangi bosqichi boshlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic