Lukaku "Liverpul" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021, 15:35
Hujumchi Romelu Lukaku APLning 21-turi doirasida "Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvida ishtirok etmaydi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, futbolchi bugungi o'yin qaydnomasidan o'rin olmaydi. Romelu o'tgan ikki o'yinda ikki gol urishga erishgandi.

Ushbu haftada futbolchi "Inter"dan ketishi borasida intervyu berdi va bu nafaqat "neradzurri" muxlislariga, balki, "Chelsi" ustozi Tomas Tuxelga ham maqul kelmagan. Shu sababli forvard bugungi o'yinda qatnashmasligi aniq bo'lib ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic