

23 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.
Oldinroq belgiyalik futbolchi klub rahbariyatiga jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligi haqida ma'lum qilgan edi. Lukaku 2013 yilda ijara asosida "Chelsi"dan "Everton"ga o'tgan. 2014 yilning iyulida Liverpul shahri vakillari 30 mln. funt evaziga futbolchini xarid qilishdi. Joriy mavsumda u APLning 27 ta uchrashuvida 19 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.



