Lukaku: "Biz katta jamoa emasmiz"

Milanning "Inter" klubi hujumchisi Romelu Lukaku A Seriya 8-turida "Torino"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan (4:2) keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Rostini aytsam, biz hali katta jamoa emasmiz. Dastlabki 60 daqiqa yaxshi kurashmadik, yomon o'ynadik - g'alaba xohishi yetishmadi. Keyinroq uyg'ondik. Asosiysi - 3 ochkoni qo'lga kiritish", - belgiyalik forvardning so'zlarini keltiradi "Football Italia".


Manba: Football Italia