

Bu haqda terma ustozi Roberto Martines xabar berdi.
"Shifokorlarimizning taxminiga ko'ra, Lukaku uchinchi o'yinga tayyor bo'ladi, biroq u belgilangan grafikdan ertaroq tuzalmoqda. Bu yaxshi belgi. Biroq uning Marokashga qarshi o'yinda qatnashishi extimoli yo'qligini aytishim mumkin", - dedi mutaxassis.
Lukaku Belgiya termasining JCH-2022 dastlabki turida Kanada (1:0) termasiga qarshi bahsini ham o'tkazib yuborgandi.



