Luka Modrich: Ronaldu menga xabar yo'lladi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2018
Real yarim himoyachisi Luka Modrich Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronalduning UEFA taqdirlash marosimiga kelmaganiga o'z fikrlarini bildirdi.

Krishtianu menga xabar yo'lladi, tabrikladi va ushbu sovringa loyiq ekanligimni aytdi. Men bilan ko'rishishni orziqib kutayotganini aytdi.

The best sovrinida ham kuchli uchlikka kirganimdan xursandman. Ko'ramiz nima bo'ladi. Krishtianu bilan munosabatim yaxshi, kelajakda ham shunday bo'lib qoladi.

Individual sovrinlar muhim lekin bu eng muhimi emas, – deydi Modrich.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RTP3