

– Messi yoki Krishtianu Ronaldu?
– Menga bu savol yoqmaydi. Ular bir davrni belgilab berishdi. Krishtianu menga yaqinroq, chunki men u bilan birga o'ynaganman, u "Real"da mening jamoadoshim bo'lgan va ishontirib aytamanki, u nafaqat buyuk futbolchi, balki aql bovar qilmas inson hamdir. Odamlar buni bilishmaydi, lekin uning qalbi juda keng, u doim yordam berishga tayyor. Va u oddiy, kamtar inson.
– Messi-chi?
– Men uni inson sifatida bilmayman, lekin u ham ajoyib ekaniga shubham yo'q. O'yinchi sifatida u qoilmaqom, – dedi Modrich.



