Luka Milivoevich - "Shabab Al Ahli" futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
9 avg 2023, 16:49
"Kristal Pelas" 32 yoshli sobiq yarim himoyachisi Luka Milivoevich endilikda BAAning "Shabab Al Ahli" klubi sharafini himoya qiladi.

BAA klubi matbuot xizmati futbolchi jamoa safiga erkin agent sifatida qo'shilganini rasman e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Milivoevich o'tgan mavsum oxirida "Kristal Pelas" bilan xayrlashgandi. Serbiyalik futbolchi London klubida 2017 yildan buyon to'p tepib kelardi.

Milivoevich markaziy yarim himoyachi va tayanch yarim himoyachi vazifasini bajaradi. 

"Transfermarkt" portali futbolchi transferini 2 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Шабаб Ал Аҳли" ФК