Luis Suares "Oltin to'p"ni kim yutishi kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
24 okt 2021, 15:20
"Atletiko" forvardi Luis Suares "Oltin to'p"ni Leo Messi qo'lga kiritishi kerakligini aytdi.

"Leo "Oltin to'p"ga munosib. Garchi "Barselona" faqatgina kubokni yutgan bo'lsa-da, u o'tgan yilni yaxshi o'tkazdi. Leo LaLiganing to'purari va eng yaxshi assistenti bo'ldi. Amerika Kubogida zafar quchdi. Bu uning imkoniyatlarini oshirib yuboradi.

Messi sovringa loyiq. Uning uzoq yillar davomida jismoniy holatini ushlab turganini takidlash kerak. Menimcha, "Oltin to'p"ni topshirayotganda futbolchining nafaqat bir yil davomida jamoaga nima bergani, balki yillar davomida qanday ko'rsatkichlar qayd etayotganini ham inobatga olish kerak.

Shu sababli bu borada Leoda xatto raqobatchi ham yo'q, deb hisoblayman", - dedi Suares.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football