Luis Suares Messi bilan jamoadoshga aylanishi mumkin

Оқил Абдубарноев
19 okt 2023
"Gremio" hujumchisi Luis Suares MLSga yo'l olishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Inter Mayami" 36 yoshli urugvaylik futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantini o'rganmoqda. Suaresning "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlari Lionel Messi, Serxio Buskets va Xordi Alba ham hozirda "Inter Mayami"da to'p tepadi.

Luisning o'zi avvalroq faoliyatini Messi bilan bir klubda yakunlamoqchi ekanligini aytgan edi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ekremkonur