Luis Fabiano faoliyatiga yakun yasadi

Sherzod Nurmatov
11 dek 2021
Braziliyalik taniqli futbolchi Luis Fabiano professional faoliyatini tugatganini tasdiqladi.

41 yoshli hujumchi 2017 yildan beri o'ynamayotgandi, ammo jarohatdak tiklanib, safga qaytishga umid qilgandi.

"Oxirgi 4 yilda yaxshi ko'rgan ishimga qatyish uchun kurash olib bordim. Biroq yakunda bu kurashda g'alaba qozona olmadim", – dedi Fabiano.

Forvard "Sevilya"dagi o'yinlari ((2005-2011) orqali tanilgan. U jamoa bilan 6 ta sovrinda ega chiqqan, shulardan 2 tasi – UEFA kubogi.

Fabiano 2003 yildan 2013 yilgacha Braziliya terma jamaosi sharafini himoya qilgan. U 45 o'yinda 27 ta gol urgan. Terma bilan Amerika kubogi-2004 hamda Konfederatsiyalar kubogi-2009 da zafar quchgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo