Luis Enrike yordamchisi maydondan tashqaridagi hayoti uchun Neymarni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
8 may 2017, 14:47
"Barselona" hujumchisi Neymar va jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike yordamchisi Xuan Karlo Unsue o'rtasida baland ovozda suhbat bo'lib o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, hammasi jamoaning navbatdagi mashg'ulotida barchaning ko'z o'ngida yuz berdi. Unsue braziliyalikka yaqin kelib, unga ko'rsatma bermoqchi bo'ldi. Neymar buni to'g'ri qabul qilmadi. Ular o'rtasidagi suhbat davom etdi va Unsue o'yinchini maydondan tashqaridagi hayoti uchun tanqid qildi. Murabbiy Neymarni ko'proq sportga e'tibor qaratishini talab qildi. Futbolchi bunga jahl bilan javob berdi, chunki unga murabbiyning so'zlari yoqmadi.

Unsue Luis Enrikening joyini egallashi mumkin bo'lgan asosiy da'vogarlardan hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo