Luis Enrike: "Rafinya Alkantaraning o'yinidan hayron bo'lmadim"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2016, 10:24
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Granada"ga qarshi bahsda (1:0) Rafinya Alkantaraning o'yinidan hayron bo'lmaganini aytdi.

Uchrashuvdagi yagona golga Rafinya mualliflik qildi.

"Rafinyaning o'yinidan hayron bo'lmadim. U markazdan raqib darvozasiga yaxshi hujum uyushtiradi. Messi, Neymar va Suares gol borasida tengsiz. Ammo ikkinchi chiziq futbolchilari raqib jarima maydonchasida harakat qilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Bu doimo xursand qiladi" - deydi Luis Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca