Luis Enrike PSJ tarixidagi eng yomon murabbiy...

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2024
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar Ligasi oxirgi turida PSJ Niderlandiyaning PSV klubi bilan durang qayd etdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Shunday qilib, parijliklar Luis Enrike qo'l ostida YCHL doirasidagi 15-o'yinda 9-bor g'alaba qozona olishmadi.

PSJ ispaniyalik boshqaruvida bor yo'g'i 6 bahsda (40%) zafar quchdi. Bu 2011 yil Parij klubini Qatar fondi QSI sotib olganidan buyon eng past ko'rsatkich hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: OptaJose