Luis Enrike: "Pike "Barselona"da murabbiy yoki prezident bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
15 okt 2016, 10:24
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Xerard Pikening so'zlariga izoh berdi.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi kelajakda Kataloniya klubi prezidenti bo'lmoqchiligini aytgan edi.

"Pike gapirgan ko'rsatuvni ko'rganim yo'q. Ammo o'ylashimcha, u yaxshi tushuntirdi. Pike "Barselona"da har qanday vazifada ishlashi mumkin. Hozircha u futbolchi, kelajakda u "Barselona" murabbiyi yoki prezidenti bo'lishi mumkin, chunki u klubga vafodor" - deydi Luis Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS