Luis Enrike: "Liga 1 o'ylaganimdan kuchliroq ekan"

Mirjalol Normatov
24 noya 2023, 00:53
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati darajasini baholadi.

"Fransiya chempionati zerikarli? Men uchun yo'q! Bu yerda jamoalarning ochiq o'yin ko'rsatayotganini ko'ryapman. Liga 1 men o'ylaganimdan ko'ra kuchliroq ekan.

Ushbu chempionatda yaxshi futbolchilar ko'p, keyinchalik ular yanada yaxshiroq chempionatga ketishmoqda, masalan Angliya tomon", - dedi PSJ bosh murabbiyi.

Yozda parijliklar bosh murabbiyiga aylangan ispaniyalik mutaxassisning faoliyati yaxshi davom etmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 12 o'yinning 8tasida g'alaba qayd etgan bo'lsa, 3 marta durang o'ynab, 1 bora mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport