
"Manchester Yunayted" muxlislari jamoaning hujumkor uslubidan zavqlanishlari kerak. Men mavsumni boshqa sxema asosida boshlagandim. Ammo keyinchalik yangi futbolchilar sotib oldik. Endi bu futbolchilarni nimalarga qodir ekanligini ko'rishimiz kerak. Hech bir futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. Faqatgina jamoa sardori bundan mustasno bo'lishi mumkin. Blekketning tarkibga kirishi ko'pchilik uchun syurpriz bo'lishi mumkin. Ammo u haqiqatda yaxshi o'ynamoqda.
Falkao zo'r hujumchi. Menga van Persi ham yoqadi. Bizda yana Runi, Yanuzay va Uilson bor. Ikkita joyga besh nomzod. Adnan Yanuzay 4-3-3 sxemasida o'ynaganimizda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.