

"Sautgempton"ga qarshi o'yindagi g'alaba fantastik natija bo'ldi. Bu bilan biz chempionlik uchun kurashishimizni bildirdik. Men har doim aytganman, jamoa kundan-kunga yaxshilanib borishi lozim. O'tgan mavsumda biz to'rtinchi o'rinni olgandik. Bu mavsum endi uchinchi o'rinni egallashimiz mumkin. O'tgan yili ham bizda chempionlik uchun imkoniyat bo'lgandi. "Chelsi"ga qarshi safardagi o'yinni eslang, o'shanda biz ko'plab golli vaziyatlarni yaratgandik. Lekin vaqtida gol urishni uddasidan chiqa olmagandik", - dedi Lui van Gal.



