Lotar Matteus: "Real" Ramosning ketishi bilan individuallikni yo'qotdi. Alaba Serxiodek yetakchi emas"

Alisher
7 noya 2021, 17:21
Germaniya terma jamoasi, "Bavariya" va "Inter" sobiq futbolchisi Lotar Matteus "Real" haqida gapirdi.

"Real" Ramosning ketishi bilan individualligini yo'qotdi. Alaba - ajoyib o'yinchi, ammo unda bunday shaxsiy sifatlar yo'q. U Ramosdek yetakchi emas", - deydi Matteus.

Eslatib o'tamiz, Ramos yozda PSJga erkin agent maqomida o'tgandi.

U hali Parij klubida debyut qilmadi, sababi u hali ham jarohatidan tiklanmoqda.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca