Lorisning jarohati borasida ma'lumotlar aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 10:12
"Tottenxem" posboni Ugo Loris o'ta jiddiy jarohatdan qutulib qoldi.

Futbolchi "Brayton"ga qarshi o'yinning 3-daqiqasida erga noto'g'ri yiqilishi natijasida qo'lini qayirib olib, o'yinni davom ettira olmagandi.

Ammo "Get French Football News" nashri futbolchi jarohatlanmaganini va u shifoxonadan uyiga qo'yib yuborilganini ma'lum qildi. Ammo shunday bo'lgan taqdirda ham u taxminan bir oy maydonga tushmasligi kerak.

Loris ushbu mavsumda 9 o'yinda qatnashdi va shulardan ikkitasida gol o'tkazib yubormadi.

O'xshash yangiliklar

Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News